- Maqsadli auditoriyaning “og‘riqli” joyi va muammolarini topish.
 - Mijozlarni segmentlarga ajratish
 - Muammoni ko‘taradigan intervyu (B2C uchun kamida 50 ta va B2B uchun kamida 15 ta yakunlangan intervyu)
 
Siz 4 ta vazifani bajarishingiz va o‘zingiz o‘tkazgan muammo ko‘tarilgan intervyu bo‘yicha hisobot tayyorlashingiz kerak:
- Maqsadli auditoriyangiz kim? Batafsiz tavsiflang
 - Siz bu mijozlarning qaysi muammosini hal etmoqchisiz? 
 - Muammo ko‘tarilgan intervyu uchun so‘rovnoma tayyorlash (muammoli intervyuda mijozlaringizga beradigan savollaringiz ro‘yxati)
 - Muammoli intervyular natijalarini ko‘rsatish (jadvalda / grafikda). Nechta odam/kompaniyalarni so‘rovdan o‘tkazdingiz? Intervyu o‘tkazishdan oldin sizda qanday gipotezalar bor edi? Intervyudan keyingi asosiy xulosalaringiz. Intervyudan keyin gipotezalaringizda nimalar o‘zgardi?
 
Ikkinchi bosqich vazifasi — mijozlarning muammolarini tadqiq qilish / hozir odamlar bunday muammolarni qanday hal qilishini tushunish va bozor haqidagi / mijozlarning muammolari haqidagi gipotezalaringizni hamda mahsulotingiz / xizmatlaringiz qay darajada zarurligini tekshirish.